- Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻi (bundan
buyon matnda – boʻlim boshligʻi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini
belgilab beradi.
2. Boʻlim boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri
buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Boʻlim boshligʻi bevosita tuman (shahar) hokimligi hamda viloyat Maktabgacha va maktab
taʻlimi boshqarmasiga boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan
ish reja asosida amalga oshiradi.
3. Boʻlim boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga
(bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning
hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”
hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.
2-bob. Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻining lavozim majburiyatlari
4. Boʻlim boshligʻi quyidagilarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Taʻlim toʻgʻrisida”gi, “Maktabgacha taʻlim
va tarbiya toʻgʻrisida”gi hamda “Pedagog maqomi toʻgʻrisida” Qonuni asosida faoliyat koʻrsatadi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Maktabgacha taʻlim va
tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek taʻlim tizimiga doir Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmon va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini hamda Respublika
Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining qaror va buyruqlari ijrosini tuman (shahar) miqyosida
bajarilishini ta’minlaydi;
taʻlim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, taʻlim starategiyasini ishlab
chiqish, uning rivojlantirish istiqbollarini belgilash va rejalashtirish, taʻlim tizimini maktabgacha
va maktab xoʻjaligining boshqa sohalari bilan oʻzaro aloqalarni takomillashtirishni taʻminlaydi;
Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab
chiqish va tasdiqlash uchun boshqarma boshligʻiga kiritadi;
ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib
boradi;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining Nizomiga muvofiq boʻlim
Hayʻat majlisiga rahbarlik qiladi;
maʻmuriy boshqaruv xodimlari hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining
faoliyatlarini muvofiqlashtiradi;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi tizimida byudjet mablagʻlarini maqsadli
va toʻgʻri ishlatilishini nazorat qiladi, muvofiqlalashtirish ishlarini amalga oshiradi;
moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo qoʻyadi;
Maktabgacha taʻlim tashkilotlari, umumtaʻlim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktabinternatlarida va maxsus maktab-internatlarida davlat taʻlim standartlari va davlat talablarining
bajarilishini taʻminlaydi, shuningdek maktabdan tashqari taʻlim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy
ishlarida, moliyaviy va xoʻjalik ishlarini yuritilishi jarayoniga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi,
muvofiqlashtiradi, ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etadi
va nazorat qiladi;
taʻlim sifatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilaydi;
boʻlim va taʻlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish ishlarini tashkil etilishini nazorat qiladi;
boʻlim va taʻlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish ishlarini tashkil etilishini nazorat qiladi;
yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish — jamiyat barqarorligi va sogʻlom avlodni
tarbiyalashda kompleks yondashuv zarur ishlarini tashkil etish;
bitiruvchilar bilan ishlash — taʻlim muassasalarini tamomlagan yoshlarni jamiyatga
muvaffaqiyatli integratsiya qilish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash va ijtimoiy faolligini
oshirishga doir chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
taʻlim tashkilotlari infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilishi kerak boʻlgan
ishlarni tashkil qiladi va nazorat qilib boradi;
umumiy oʻrta va maktabdan tashqari davlat taʻlim muassasalari faoliyatini tashkil etish
sohasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
taʻlim tizimida turli organlar va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni
rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
oʻz vakolati doirasida tuman (shahar)ning taʻlim tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirib
boradi;
faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha boʻlim xodimlari oʻrtasida funksional vazifalarni
taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini taʻminlash.
maktabgacah hamda umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil
etadi;
Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish,
mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi
mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, budjet intizomiga rioya etishni taʻminlaydi;
oʻzining ish faoliyati yuzasidan bevosita tuman (shahar) hokimligi hamda viloyat
Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasiga boʻysunadi;
boʻlim faoliyatiga yakka rahbarlikni amalga oshiradi;
5. Boʻlim boshligʻi quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari,
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi;
tuman (shahar) hokimligi va boshqarma boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli
topshiriqlarni, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlashi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻi oldida hisobot berishi.
3-bob. Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻining huquqlari
6. Boʻlim boshligʻi quyidagi huquqlarga ega:
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga,
bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish;
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish;
boʻlim mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan
muntazam ravishda malakasini oshirib borish;
mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasiga
oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish;
oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim
yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish;
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun
qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari,
shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish;
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat
pensiya taʼminotini olish;
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish;
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar
bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish;
xizmatga oid masalalar yuzasidan rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi davlat fuqarolik
xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda
boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi;
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda,
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati lavozimining
va ish haqining saqlanib qolishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan
moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan
barcha usullar bilan himoya qilish;
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat
qilish;
oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish;
yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshirish, boʻysunuvidagi xodimlar
faoliyatini muvofiqlashtirish, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash va funksional vazifalar, aniq
topshiriqlarning bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarlik doirasini belgilash;
zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar,
xulosalar va boshqa hujjatlarni boʻlim xodimlari va boshqarmadan, tasarrufdagi tashkilotlar
shuningdek boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish va
ular bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi
tashkilotlar tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini oʻrganish, tahlil qiladi va kamchiliklarni bartaraf
etish boʻyicha taklif tayyorlash;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, elektron
pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish;
mehnat qonunchiligi asosida xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish,
shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish va
qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
4-bob. Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻining javobgarligi
7. Oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq boʻlimga yuklatilgan
vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
8. Faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob beradi.
9. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
10. Hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga shaxsan
javob beradi.
11. Imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi
uchun javob beradi.
12. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan zimmasiga
yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston
Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy javobgardir.
