Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi

1 . Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini
muvofiqlashtirish Shoʻbasi bosh metodisti (bundan buyon matnda – boʻlim boshligʻi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.

2. Shoʻba bosh metodisti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirining, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
boshligʻining (bundan buyon matnda – hududiy boshqarmalar) buyrugʻiga koʻra lavozimga
tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Shoʻba bosh metodisti bevosita tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
boshligʻiga boʻysunadi va oʻz faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida
amalga oshiradi.

3. Shoʻba bosh metodisti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda
boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.

2-bob. Shoʻba bosh metodistining lavozim majburiyatlari

4. Shoʻba bosh metodisti quyidagilarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

Vazirlikning hayʼati qarorlari, buyruqlari, vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga,
boshqarma va boʻlimning hayʼati qarorlari, hududiy boshqarma boshligʻi va boʻlim boshligʻining
buyruqlari va topshiriqlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida ijro etish;
maktabgacha taʼlim siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda
davlat boshqaruvi organlarining tegishli boʻlinmalari bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʻlga
qoʻyish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish Shoʻbasining yillik, yarim
yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun boʻlim boshligʻiga kiritish;
ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib
borish;

Shoʻba faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash
hamda Shoʻba faoliyatiga oid muhim masalalar haqida boʻlim boshligʻiga muntazam ravishda
axborot berish;

Shoʻbaga bevosita umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, shoʻba xodimlarining faoliyatini
muvofiqlashtirib borish hamda mazkur nizomga muvofiq yuklangan vazifalar ijrosini nazorat qilish;

Shoʻba xodimlariga amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolati doirasida tegishli topshiriqlar
berish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

barcha turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etilishi boʻyicha oʻrganishlar
oʻtkazish, ulardagi muammoli holatlarni bartaraf etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish;
sohaga oid hisobotlarni toʻplash, asosiy koʻrsatkichlarni shakllantirish va tahlil qilish, boʻlim
boshligʻiga va boshqa vakolatli yuqori turuvchi organlarga taqdim qilishni tashkil etish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish, tugatish va qayta tashkil etish
masalalarida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshliqlariga taklif kiritish;
boʻlimning boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash, boʻlim
faoliyatiga doir maʼlumotlar hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga oid axborotlarni
yigʻish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash;

hududdagi maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish
koʻrsatkichlarini oshirish shu jumladan, 6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlimga toʻliq qamrab olish choralarini koʻrish va kerakli takliflarni tayyorlash;

taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida seminar,
koʻrik-tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil etish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun uslubbirlashmalar faoliyatini tashkil
etish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va tashkilotdan chiqarilishini
hisobini olib borilishini nazorat qilish;

“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari”
hamda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, oʻquv-uslubiy
qoʻllanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash bilan bogʻliq ishlarni
tashkil etish va ularni muvofiqlashtirish;

lavozim majburiyatiga taalluqli yoʻnalishlar boʻyicha fuqarolardan kelgan murojaatlarni
oʻrganib chiqib, tegishli javob xatlarini yuborish;

Shoʻba nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari
talablariga rioya qilish;

xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va
ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi
talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

5. Shoʻba bosh metodisti quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari,
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi;
Tuman (shahar) hokimligi, boshqarma va boʻlim boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli
topshiriqlarni, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlashi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berishi.
3-bob. Shoʻba bosh metodistining huquqlari
6. Shoʻba bosh metodisti quyidagi huquqlarga ega:
umumiy rahbarlikni amalga oshirish, boʻysunuvidagi xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish,
ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash va funksional vazifalar, aniq topshiriqlarning bajarilishi uchun
har bir xodimning javobgarlik doirasini belgilash;
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga,
bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish;
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish;
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar
bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish;
xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi
davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
takliflar kiritish;
zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar,
xulosalar va boshqa hujjatlarni boshqarma xodimlari va tuman (shahar) boʻlimlari, tasarrufdagi
tashkilotlar shuningdek boshqarma rahbariyati bilan kelishilgan holda boshqa davlat va xoʻjalik
boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish va ular bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun boʻlim rahbarlari bilan kelishgan holda
boʻlim tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar xodimlarini jalb etish, shuningdek boshqa
tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini jalb etilishi boʻyicha boʻlim boshligʻiga
taklif kiritish;
vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boʻlim tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar
tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini oʻrganish, tahlil qilish va kamchiliklarni bartaraf etish
boʻyicha taklif tayyorlash;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, elektron
pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish;
mehnat qonunchiligi asosida shoʻba xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod
etish, shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan boʻlim
boshligʻiga takliflar kiritish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish va
qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish.
7. shoʻba bosh metodisti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi
mumkin.
4-bob. Shoʻba bosh metodistining javobgarligi
8. Shoʻba bosh metodisti oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq
boʻlimga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob
beradi.
9. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bilan bogʻliq
boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob beradi.
10. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
11. Shoʻba bosh metodisti hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini
taʼminlashga shaxsan javob beradi.
12. Shoʻba bosh metodisti imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning
qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.
13. Shoʻba bosh metodisti mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga
asosan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi
uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy
javobgardir.