Markazlashtirilgan moliya buxgalteriya xizmati bosh hisobchisi

  1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (keyingi
    oʻrinlarda buxgalteriya xizmati deb yuritiladi) bosh hisobchisi (keyingi oʻrinlarda Bosh hisobchi
    deb yuritiladi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
    2. Bosh hisobchi viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi boshligʻining
    buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
    Bosh hisobchi bevosita maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimiga boʻysunadi va oʻz
    faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
    3. Bosh hisobchi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
    Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va
    farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
    vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga
    (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning
    hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
    Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”
    hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.
    2-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati bosh hisobchisining lavozim
    majburiyatlari
    4. Bosh hisobchi quyidagilarni amalga oshiradi:
    bevosita maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻiga buysunadi;
    maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boʻyicha moliyaviy masalalarga masʻul hisoblanadi;
    buxgalteriya xizmati foliyatini muvofiqlashtirib boradi;
    ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qiladi;
    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
    Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning
    hayʻati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda
    koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʻati qarorlari, boshliq buyruqlari va topshiriqlari bilan
    yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʻminlagan holda faoliyatini olib boradi;
    Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining “ Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimida
    moliya-buxgalteriya xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish” toʻgʻrisidagi 2024-yil
    16-dekabrdagi 397-sonli buyrigʻiga asosan Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati
    xodimlarining ( bosh hisobchi ham) onlayn malaka oshiruv kurslarida sertifikat olishi hamda
    oflayn tashkil etiladigan imtixonlarda ham sertifikat olishini taʻminlaydi;
    Buxgalteriya xizmati xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini, ular oʻrtasida
    taqsimlangan vazifalar bajarilishini nazorat qiladi;
    Buxgalteriya xizmati xodimlarining ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishini nazorat
    qiladi;
    moliyaviy-iqtisodiy masalalarga doir maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining qarorlari,
    buyruqlari va shu kabi boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
    maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini oʻz
    vaqtida tuzilishi hamda roʻyxatdan oʻtkazilishini, shuningdek, zarur hollarda ularga kiritiladigan
    oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazorat qiladi;
    Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlar xarajatlar smetasi,
    shtatlar jadvallari va tarifikatsiya roʻyxatlarini tegishli koʻrsatkichlar, meʻyoriy hujjatlar asosida oʻz
    vaqtida tuzilishi hamda roʻyxatdan oʻtkazilishini, shuningdek, zurur holarda ularga kiritiladigan
    oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazorat qiladi;
    maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab
    olingan muassasa va tashkilotlarning xarajatlar smetasi, shtatlar jadvallari va tarifikatsiya
    roʻyxatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tahlil qilib borilishini nazorat qiladi;
    maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab
    olingan muassasa va tashkilotlarning xarajatlar smetasi, shtatlar jadvallari va tarifikatsiya
    roʻyxatlarini tuzish uchun tegishli boʻlgan koʻrsatkichlar oʻzgarishini tahlil qilib borilishini nazorat
    qiladi;
    Buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika byudjetidan
    moliyalashtiriladigan umumtaʻlim muassasalari va davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlari
    xodimlarining homiladorlik va tugʻish nafaqalarini belgilangan muddatlarda topshirilishini va
    toʻlanishini, qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni tahlil qilib
    borilishini va jamlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi
    vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmalariga
    yuborilishini nazorat qiladi;
    Buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika byudjetidan
    moliyalashtiriladigan umumtaʻlim muassasalari va davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarining
    birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha shtatlar jadvallarini (tarifikatsiya roʻyxatlari) tuzilishi va
    tasdiqlanishini, jamlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi
    vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmalariga
    yuborilishini nazorat qiladi;
    Buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika byudjetidan
    moliyalashtiriladigan umumtaʻlim muassasalari va davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarining
    birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha xarajatlar smetalari tuzilishi va tasdiqlanishini, jamlangan
    holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi, Toshkent shahar va
    viloyatlar maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmalariga yuborilishini nazorat qiladi;
    Buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika byudjetidan
    moliyalashtiriladigan umumtaʻlim muassasalari va davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarining ish
    haqi toʻlovlari uchun talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻlarni asoslangan hisob-kitoblar asosida
    aniqlanishini va ushbu qoʻshimcha mablagʻ ajratish uchun buyurtmanomalarni jamlangan holda
    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi, Toshkent shahar va
    viloyatlar maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmalariga yuborilishini nazorat qiladi;
    Buxgalteriya xizmati tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari va shartnomalar
    tuzilishini amaldagi qonunchilikka muvofiqligini hamda toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini
    nazorat qiladi;
    maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab
    olingan muassasa va tashkilotlarning tovar-moddiy qiymatliliklarni amaldagi qonunchilikka
    muvofiq roʻyxatga olish, kirim qilish va hisobdan chiqarishni nazorat qiladi;
    maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab
    olingan muassasa va tashkilotlar xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni oʻz
    vaqtida, toʻliq hajmda hamda toʻgʻri toʻlanashini nazorat qiladi;
    maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab
    olingan muassasa va tashkilotlarida ortiqcha rejalashtirilganligi aniqlangan mablagʻlar, shtat
    birliklari toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja
    bajarilmaganligi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlarni chegirish boʻyicha doimiy tahlil qilib
    borilishini nazorat qiladi va chegiriladigan mablagʻlar toʻgʻrisida maktabgacha va maktab taʻlimi
    boʻlimi boshligʻi va tegishli Hududiy boshqarmaga axborot kiritib boradi;
    maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab
    olingan muassasa va tashkilotlar xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida
    oʻzlashtirish holatlarini nazorat qiladi;
    maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab
    olingan muassasa va tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlarini (daromadlarni
    oshirish boʻyicha) jalb qilish holatlarini nazorat qiladi;
    Buxgalteriya xizmati tomonidan vazirlik topshiriqlarini bajarishda sustkashlikka yoʻl
    qoʻyilgan taqdirda, ularga chora koʻrish yuzasidan maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimiga taklif
    kiritadi;
    moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida Buxgalteriya xizmat tomonidan
    qamrab olingan muassasa va tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallari, ularni tuzish
    uchun tegishli koʻrsatkichlar oʻzgarishi hisobiga kiritilgan va kiritilayotgan oʻzgartirishlarni,
    shuningdek, xodimlarga amalga oshirilayotgan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻgʻri
    toʻlab borilayotganligini doimiy ravishda tahlil qilib borilishini nazorat qiladi;
    Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlarning homiladorlik
    va tugʻish nafaqalarini belgilangan muddatlarda tegishliligi boʻyicha topshirilishini hamda
    qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni tahlil qilib borilishini
    nazorat qiladi;
    buxgalteriya hisobi va hisobotlarini amaldagi meʻyoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan
    tartibda rasmiylashtirilishini hamda yuritilishini nazorat qiladi;
    tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni tuzish va hududiy organlarga oʻz vaqtida
    topshirilishini nazorat qiladi;
    moliyaviy sohaga oid boʻlgan hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash
    yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi;
    Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish,
    mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi
    mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, budjet intizomiga rioya etishni taʻminlaydi;
    Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish,
    mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi
    mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, byudjet intizomiga rioya etishni taʻminlaydi;
    maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab
    olingan muassasa va tashkilotlarning xarajatlar smetasi doirasida ularning buyurtmalariga muvofiq
    va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlar xarid qilish va xizmatlar koʻrsatish uchun
    shartnomalar tuzish, shuningdek, isteʻmol limitlari va sarf-xarajat normalariga rioya etilishini
    nazorat qiladi;
    “Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda
    fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlashni nazorat qiladi, yuridik va
    jismoniy shaxslarni shaxsan qabul qiladi;
    lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan maktabgacha va
    maktab taʻlimi boʻlim boshligʻiga axborot kiritib boradi.
    3-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati Bosh hisobchisining huquqlari
    5. Bosh hisobchi quyidagi huquqlarga ega:
    oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga,
    bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish;
    kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish;
    davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar
    hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish;
    mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat
    shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish;
    oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim
    yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
    mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish;
    ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun
    qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari,
    shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish;
    qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat
    pensiya taʼminotini olish;
    davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof
    harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
    davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish;
    davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar
    bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish;
    xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi
    davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
    takliflar kiritish;
    oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda
    boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi;
    davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda,
    shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati lavozimining
    va ish haqining saqlanib qolishi;
    qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan
    moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
    oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan
    barcha usullar bilan himoya qilish;
    davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat
    qilish;
    oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish;
    zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar,
    xulosalar va boshqa hujjatlarni boʻlim xodimlari va boshqarmadan, tasarrufdagi tashkilotlar
    shuningdek boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish va
    ular bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
    xizmat majburiyatlari doirasida telefon aloqa xizmati, davlatlararo va shaharlararo aloqa,
    elektron pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish;
    mehnat qonunchiligi asosida xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish,
    shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan boʻlim boshligʻiga
    takliflar kiritish;
    oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish va
    qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish;
    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
    4-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati bosh hisobchisining javobgarligi
    6. Oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq Shoʻbaga yuklatilgan
    vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
    7. Faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob beradi.
    8. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
    texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada
    yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
    9. Hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga shaxsan javob
    beradi.
    10. Imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun
    javob beradi.
    11. Oʻzbekiston Republikasi Adliya vazirligida 2010-yil 22-dekabrda 2169-son bilan
    roʻyxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga muvofiq
    buxgalteriya hisobini yuritilishiga javob beradi.
    12. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan zimmasiga yuklatilgan
    majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi
    qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy javobgardir.