Maxsus taʻmirlash ekspluatatsiya xizmati boshligʻi bosh muhandisi

  1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi
    Maxsus taʻmirlash-ekspluatatsiya xizmati boshligʻi – bosh muhandisining lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
    2. Maxsus taʻmirlash-ekspluatatsiya xizmati boshligʻi – bosh muhandisi (keyingi oʻrinlarda
    – bosh muhandisi) tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻining (keyingi
    oʻrinlarda – boʻlim boshligʻi) viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi boshligʻining
    buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Bosh muhandisi bevosita tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻiga boʻysunadi hamda oʻz faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan boʻlim ish rejasi va boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan shaxsiy ish rejasi asosida amalga oshiradi.
    3. Bosh muhandisi qurilish, taʻmirlashni muvofiqlashtirish, rejalashtirish, muhandislik
    sohasida oliy maʻlumotga ega boʻlgan, malakali, qurilish-taʻmirlash ishlariga aloqador sohasida
    kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan, sohaga oid normativ huquqiy hujjatlarni tushungan,
    hujjatlar bilan ishlash layoqatiga ega hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana
    oladigan hamda kamida bitta horijiy tillarda mustaqil suhbatlasha oladigan shaxslar tayinlanadi.
    4. Bosh muhandisi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
    Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boʻlimning hayʻati qarorlari, boʻlimning buyruq va farmoyishlariga hamda boʻlim boshligʻi koʻrsatmalariga, Tuman(shahar) Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi Nizomiga hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.
    2-bob. Maxsus taʻmirlash-ekspluatatsiya xizmati boshligʻi – Bosh muhandisini lavozim
    majburiyatlari
    5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlarida
    boʻlimga yuklatilgan vazifalarni hamda boʻlim boshligʻining boshqa topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etadi.
    6. Bosh muhandisining faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha boʻlim
    boshligʻiga taklif kiritadi.
    7. Tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi tasarrufidagi maktabgacha taʻlim
    tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʻlim tashkilotlarida qurilish-taʻmirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida shakllantiriladigan dasturlarni mahalliy kengashi deputatlari, tuman (shahar)
    hokimliklari taklifiga koʻra takliflarni maktabgacha va maktab taʻlimi Maxsus taʻmirlashekspluatatsiya xizmati xodimlari bilan birgalikda umumlashtirgan holda tayyorlaydi va boʻlim boshliigʻiga tegishli taklif kiritadi. Har yili dasturlarga kiritilgan maktabgacha taʻlim tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʻlim tashkilotlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi yuzasidan umumlashgan malumotlarni olib boradi, tegishli maʻlumotlarni tayyorlaydi va boʻlim boshligʻiga kiritadi. maktabgacha taʻlim tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʻlim tashkilotlarini elektr energiyasi, tabiiy gaz issiq va sovuq suv, issiqlik isteʻmoli hisoblagichlarining talab darajasida ishlashini taʻminlashhamda ularni hisobga olish holatini monitoring qiladi. maktabgacha taʻlim tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʻlim tashkilotlari bino va inshootlarini sanitariya normalari va qoidalari talablari darajasida tayyorligini taʻminlash, ulardan samarali hamda nuqsonsiz foydalanishni tashkil etadi. maktabgacha taʻlim tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʻlim tashkilotlarini uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlari koʻrsatilishini taʻminlashni amalga oshiradi. maktabgacha taʻlim tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʻlim tashkilotlarida yuzaga keladigan avariya holatlari toʻgʻrisidagi xabarlar va shoshilinch maʻlumotlarni telefon aloqasi orqali qabul qilish uchun dispetcher xizmatini tashkil etadi. har yili belgilangan muddatlarda taʻlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga va kuz-qish
    mavsumiga tayyorlash ishlarini amalga oshiradi. maktabgacha taʻlim tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʻlim tashkilotlarini avariya holatidagi shoshilinch taʻmirlash ishlarini tarbiyalanuvchi, oʻquvchi va xodimlarni xavfsizligini taʻminlagan holda olib boradi (zarur boʻlganda qoʻshimcha mutaxassislar va maxsus texnikani jalb etishi mumkin). maktabgacha taʻlim tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʻlim tashkilotlariga koʻmir (briket) yoqilgʻisini xarid qilish maqsadida ularga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish (qozon yoki pechlarning rusumi, soni, kunlik meʻyoriy sarfidan kelib chiqib), koʻmir (briket) yoqilgʻisini belgilangan tartibda qabul qilinishi, xizmat koʻrsatadigan muassasalarga toʻliq yetkazilishi, sifatli saqlanishi va sarflanishini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkillashtirish va nazoratini olib boradi.
    8. Maxsus taʻmirlash-ekspluatatsiya xizmati xodimlari bilan birgalikda maktabgacha taʻlim tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʻlim tashkilotlarini kelgusi yillar dasturlarini shakllantirish
    hamda kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish yuzasidan umumlashgan maʻlumotlarini boʻlim
    boshligʻiga taqdim etadi.
    9. Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi Maxsus taʻmirlash-ekspluatatsiya xizmati oʻzini
    yillik, yarim yillik va choraklik ish rejasi loyihasini ishlab chiqib, boʻlimning yillik, yarim yillik va choraklik ish rejasi loyihasiga kiritadi.
    10. Maktabgacha taʻlim tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʻlim tashkilotlari
    muassasalarining energiya samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan berilgan topshiriqlar asosida tegishli tuman (shahar) tashkilotlari bilan birgalikda tahlil qilgan holda takliflar ishlab chiqib boʻlim boshligʻiga taqdim etadi.
    11. Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qiladi.
    12. Boʻlimning ish rejasi, shuningdek Boʻlim boshligʻi topshirigʻiga asosan xizmat
    safarlariga boradi.
    13. Boʻlim boshligʻi – Bosh muhandisiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham
    yuklatilishi mumkin.
    3-bob. Maxsus taʻmirlash-ekspluatatsiya xizmati boshligʻi –
    bosh muhandisining huquqlari
    14. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi maxsus taʻmirlashekspluatatsiya xizmatining vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni
    maktabgacha taʻlim tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʻlim tashkilotlaridan belgilangan tartibda
    soʻrab oladi va ular bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
    15. Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi maxsus taʻmirlash-ekspluatatsiya xizmatini
    rivojlantirish doir takliflarni, Infratuzilmani rivojlantirish va binolarni ekspluatatsiya qilish
    masalalari boʻyicha loyihalarini hamda ish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflarni boʻlim
    boshligʻiga kiritadi.
    16. Maktabgacha taʻlim tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʻlim tashkilotlari ekspluatatsiya
    qilish, boʻlimi oldiga qoʻyilgan vazifalarni oʻz vaqtida, sifatli amalga oshirilishini taʻminlash
    maqsadida turli komissiyalar va ishchi guruhlar tarkibiga tashkilot va muassasalarning malakali
    xodimlarini jalb qilish yuzasidan boʻlim boshligʻiga takliflar kiritadi.
    17. Boʻlim boshligʻi bilan birgalikda mavjud mehnat sharoitlarini yaxshilash, zaruriy
    vositalar bilan taʻminlash yuzasidan boʻlimning tegishli tarkibiy boʻlimlariga takliflar kiritadi.
    18. Bosh muhandis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga ashiradi.
    19. Bosh muhandis quyidagi huquqlarga ega: oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha va maktab taʻlimi sohasidagi faoliyati bilan bogʻliq material va hujjatlar bilan tanishish; xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, shaharlararo aloqa, elektron pochta, internet
    tarmogʻidan tekin foydalanish; maktabgacha va maktab taʻlimini rivojlantirish sohasida huquqiy va meʻyoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan maʻlumot, hujjat va materiallarni belgilangan tartibda olish; boʻlim mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kurslarida oʻqish; chet tillarini oʻrganish; axborotni maktabgacha taʻlim tashkilotlari hamda umumiy oʻta taʻlim tashkilotlari binolarni ekspluatatsiya qilish boʻlimi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha tashkil etiladigan yigʻilish, majlis va seminarlarda ishtirok etish. Bosh muhandis Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Nizomi hamda Boʻlim Nizomiga zid boʻlmagan boshqa huquqlarga ega.
    4-bob. Maxsus taʻmirlash-ekspluatatsiya xizmati boshligʻi –
    bosh muhandisining javobgarligi
    20. Bosh muhandis zimmasiga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini toʻlaqonli bajarilishi
    uchun javob beradi.
    21. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
    texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʻminlaydi.
    22. Bosh muhandisning yurituvidagi hujjatlarni belgilangan tartibda saqlanishiga javob
    beradi.
    23. Bosh muhandis mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan
    zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
    Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy
    javobgardir.