Toyloq tumani Maktablar faoliyatini muvofiqlashtrish shoʻbasi boshligʻi

  1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi maktablar faoliyatini muvofiqlashtrish shoʻbasi boshligʻi –
    boshliq oʻrinbosari (bundan buyon matnda – boshliq oʻrinbosari)ning lavozim majburiyatlari,
    huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
    2. Boshliq oʻrinbosari viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi boshligʻining
    buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
    Boshliq oʻrinbosari bevosita maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimiga boʻysunadi va oʻz
    faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
    3. Boshliq oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
    Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va
    farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
    vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga
    (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning
    hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
    Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”
    hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.
    2-bob. Maktablar faoliyatini muvofiqlashtrish Shoʻbasi boshligʻi – boshliq oʻrinbosarining
    lavozim majburiyatlari
    4. Boshliq oʻrinbosari quyidagilarni amalga oshiradi:
    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa
    normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
    Vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari
    hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʼati qarorlari, hududiy boshqarma boshligʻi va boʻlim
    boshligʻining buyruqlari va topshiriqlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida ijro
    etish;
    umumiy oʻrta taʼlim siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda
    davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tegishli boʻlinmalari bilan samarali amaliy hamkorlikni
    yoʻlga qoʻyish;
    Mutasaddiligidagi tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga umimiy raxbarlik qilish va zimmasiga
    yuklatilgan barcha vazifalarni bajarish;
    Boʻlimning yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun boʻlim
    boshligʻiga kiritish;
    ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib
    borish;
    Boʻlim xodimlarining ijro-intizoniga rioya qilishini monitoring va nazorat qilish;
    umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish Shoʻbasining yillik, yarim
    yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun boʻlim boshligʻiga kiritish;
    ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib
    borish;
    Shoʻba faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash
    hamda Shoʻbafaoliyatiga oid muhim masalalar haqida boʻlim boshligʻiga muntazam ravishda
    axborot berish;
    maktablar Shoʻbasiga bevosita umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, shoʻba xodimlarining
    faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda mazkur nizomga muvofiq yuklangan vazifalar ijrosini
    nazorat qilish;
    Shoʻba xodimlariga amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolati doirasida tegishli topshiriqlar
    berish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
    umumtaʻlim maktablari faoliyatini tashkil etilish, ulardagi muammoli holatlarni bartaraf etish
    boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish;
    umumtaʻlim maktablari tomonidan elektron dastur orqali yuborilgan sinflar komplektini
    shakllantirish toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni tumanning bosh iqtisodchisi bilan birgalikda belgilangan
    mezonlar asosida koʻrib chiqish va tasdiqlash;
    umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari uchun shahodatnomalarni nizom talablariga
    muvofiq buyurtmalarni shakllantirish jarayonini nazorat qilish;
    maktab bitiruvchilariga e-shahodatnoma.uz elektron tizimida shahodatnomalarga
    buyurtmalarni oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qilish;
    fuqarolarga yoʻqolgan va yaroqsiz holatga kelgan shahodatnomalari oʻrniga dublikat
    shahodatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini reglamentga muvofiq koʻrsatish jarayonini nazorat
    qilish;
    umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari uchun oltin va kumush medallarni oʻz vaqtida
    nizom talablariga muvofiq buyurtma shakllantirish hamda yetkazib berish jarayonini tashkil etish va
    nazorat qilish;
    umumtaʻlim maktablari tomonidan bolalarni 1-sinfga qabul qilish jarayonini tashkil etish va
    qabul qilingan oʻquvchilarni Vazirlikning adm.maktab.uz elektron platformasiga kiritilishini
    nazorat qilish;
    tuman (shahar)dagi umumtaʼlim maktablariga maktab yoshidagi bolalarni toʻliq qamrab olish
    boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarni shakllantirish hamda qabul qilinishi kutilayotgan 1-sinf
    oʻquvchilari uchun “Prezident sovgʻasi”ga buyurtmalarni shakllantirish va 1-sinfga qabul qilingan
    oʻquvchilarini oʻz vaqtida “Prezident sovgʻasi” bilan taʻminlash jarayonini nazorat qilish;
    erp.maktab.uz elektron platformasida oʻquvchilar haqidagi maʻlumotlarni shakllantirilishini
    nazorat qilish;
    umumtaʻlim maktablari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni shakllantirish va tahlil qilish;
    umumtaʼlim maktablarida maktab-pedagogik hujjatlarini yuritish jarayonini
    muvofiqlashtirish;
    maktab filiallarini faoliyatini tahlil qilish, ularning kelgusidagi faoliyati boʻyicha boʻlim
    boshligʻiga taklif kiritish;
    yangidan tashkil etiladigan umumtaʻlim maktablarini faoliyatini tashkil etish jarayonini
    muvofiqlashtirish;
    oʻquvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga oʻtishda davlat xizmatlari orqali ariza
    topshirgan fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qilish.
    umumtaʻlim maktablarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash bilan bogʻliq ishlarni
    muvofiqlashtirish;
    sohaga oid hisobotlarni toʻplash, asosiy koʻrsatkichlarni shakllantirish va tahlil qilish, boʻlim
    boshligʻiga va boshqa vakolatli yuqori turuvchi organlarga taqdim qilishni tashkil etish;
    umumtaʻlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasidagi fan olimpiadalarining quyi bosqichlari
    oʻtkazish jarayonini muvofiqlashtirish;
    umumtaʻlim maktablariga biriktirilgan mikrohudud maʻlumotlarini tahlil qilish va
    adm.maktab.uz elektron tizimiga kiritish jarayonini nazorat qilish;
    lavozim majburiyatiga taalluqli yoʻnalishlar boʻyicha fuqarolardan kelgan murojaatlarni
    oʻrganib chiqib, tegishli javob xatlarini yuborish;
    boʻlim nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat
    tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari
    talablariga rioya qilish;
    xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik
    obroʻsini hurmat qilish;
    taʻlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
    tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda
    qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʻlumotlarning himoya qilinishini taʻminlash;
    foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
    oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi
    talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
    qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
    5. Boshliq oʻrinbosari quyidagilarni bajarishi shart:
    ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari,
    mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi;
    Boʻlim boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni, belgilangan vazifalarni oʻz
    vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlashi;
    boʻlim boshligʻi mehnat taʼtili, kasallik varaqasiga chiqqan hamda malaka oshirishga ketgan
    vaqtlarda uning lavozim majburiyatlarini bajarish;
    bajarilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berishi.
    3-bob. Maktablar faoliyatini muvofiqlashtrish shoʻbasi boshligʻi – boshliq oʻrinbosarining
    huquqlari
    6. Boshliq oʻrinbosari quyidagi huquqlarga ega:
    oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga,
    bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish;
    kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish;
    boʻlimning mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan
    muntazam ravishda malakasini oshirib borish;
    mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat
    shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish;
    oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim
    yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
    mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish;
    ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun
    qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari,
    shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish;
    qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat
    pensiya taʼminotini olish;
    davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof
    harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
    davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish;
    davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar
    bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish;
    xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi
    davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
    takliflar kiritish;
    oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda
    boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi;
    davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda,
    shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati lavozimining
    va ish haqining saqlanib qolishi;
    qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan
    moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
    oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan
    barcha usullar bilan himoya qilish;
    davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat
    qilish;
    oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish;
    zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar,
    xulosalar va boshqa hujjatlarni boʻlim xodimlari va boshqarmadan, tasarrufdagi tashkilotlar
    shuningdek boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish va
    ular bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
    xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, elektron
    pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish;
    mehnat qonunchiligi asosida xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish,
    shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan boʻlim boshligʻiga
    takliflar kiritish;
    oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish va
    qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish;
    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
    4-bob. Maktablar faoliyatini muvofiqlashtrish shoʻbasi boshligʻi – boshliq oʻrinbosarining
    javobgarligi
    7. Oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq shoʻbaga yuklatilgan vazifalar
    va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
    8. Faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob beradi.
    9. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
    texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada
    yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
    10. Hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga shaxsan javob
    beradi.
    11. Imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun
    javob beradi.
    12. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan zimmasiga yuklatilgan
    majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi
    qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy javobgardir.